18:09 / 12.06.2017
16076

Putin davlatning kuchi nima bilan ta'minlanishini aytdi

Foto: AP

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda Rossiya Kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali qabulda nutq so‘zladi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Prezidentning ta'kidlashicha, Rossiya va uning xalqi davlatchilikning kuchsizlanishiga oid juda xavfli, xavotirli vaqtni boshidan o‘tkazdi.

«Yil sayin demokratik institutlar rivoji bilan jamiyatning ochiqligi darajasi oshib bordi va o‘z ildiz hamda an'analarining muhimligini tushunib yetish hissi paydo bo‘ldi. Oldinga faqatgina kuchli, mustaqil va erkin davlat sifatida qadam qo‘yish lozimligi tushunildi», - dedi Putin.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, «davlatning kuchi siyosiy barqarorlik, maqsadlarning umumiyligi va jamiyatning birlashishi bilan ta'minlanadi». Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘z milliy manfaatlarini aniq belgilab oldi va ularni himoya qilmoqda.

«Har kim Rossiyani mustahkamlashga hissa qo‘shish imkoniga ega», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Putin.

Top