21:20 / 13.06.2017
7941

AQShning Qatardagi elchisi o‘z lavozimini tark etmoqda

Foto: Reuters

AQShning Qatardagi elchisi Dana Shell Smit o‘z lavozimini tark etayotgani haqida ma'lum qildi. 

"Bu oyda men AQShning Qatardagi elchisi sifatidagi  faoliyatimni yakunlayman. Bu hayotimning eng katta qismi bo‘ldi va men bu ajoyib mamlakatni sog‘inaman", - deb yozdi u o‘z Twitter'ida. 

Diplomat uning bu qarori arab davlatining atrofidagi muammolar bilan bog‘liq yoki yo‘qligiga to‘xtalmadi. 

5 iyun kuni Bahrayn, BAA, Saudiya Arabistoni, Liviya, Maldiv va Mavrikiy Respublikalari Qatarni terrorizm va ekstremizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, u bilan diplomatik munosabatlarni uzish haqida ma'lum qilishdi. Keyinroq ularning safiga Mavritaniya va Komor orollari qo‘shildi, Iordaniya va Djibuti esa Diplomatik vakolati darajasini pasaytirdi. 

Top