20:00 / 13.06.2017
34683

Android'da ma'lumotlarni tiklash va blokni yechish yo‘llari

Tasodifan yoki xayol bilan o‘chirib yuborilgan suratlar, xabarlar va kontaktlar, yoddan chiqqan parol - kimlar uchundir fojia. "Layfxaker" smartfon ustidan nazoratni qaytarish va barcha muhim ma'lumotlarni tiklashning oddiy va tezkor usuli bilan bo‘lishdi. 

Android-smartfondagi ma'lumotlarni qayta tiklash va uni blokdan yechish uchun sizga PhoneRescue nomli dastur kerak bo‘ladi. 

E'tibor qiling: PhoneRescue'ni yuklab olish sahifasida dasturning besh xil turi mavjud. Ularning har biri muayyan ishlab chiqaruvchiga mo‘ljallangan. Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, tiklash usullari brend turiga qarab farqlanadi. 

Hozirda PhoneRescue Samsung, Huawei, HTC, Sony va Google (Nexus va Pixel) smartfon hamda planshetlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Dastur saytidagi ma'lumotga ko‘ra esa, yaqin kelajakda ularning qatoriga Motorola va LG ham qo‘shiladi. Ro‘yxatda hozircha Xiaomi, Lenovo va ZTE brendlari yo‘q.

PhoneRescue foydalanishda qulaylik tug‘dirish uchun   ishlab chiqilgan. Bundan avval ham ma'lumotlarni tiklashga mo‘ljallangan dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning barchasi biroz tushunarsiz va murakkab bo‘lgan.

Bu dasturda esa barcha zarur jihozlar, shu jumladan drayverlar ham dasturning ichiga jamlangan, har bir qadam undan foydalanishga doir qo‘llanmaga ega.

Quyida Samsung smartfonida ma'lumotlarni tiklash jarayoni ko‘rsatib beriladi. PhoneRescue'ni yuklab oling, kompyuterga o‘rnating, ishga tushiring va fayllarni uzatish rejimida USB-kabel orqali smartfonga ulang.

Dastur kompyuterda zarur drayverlar yo‘qligini ko‘radi va darhol ularni o‘rnatishni taklif qiladi. Taklifga rozilik bildiring. 

Endi USB orqali smartfonda nosozliklarni yoqing. Barchasini ekranda ko‘rsatilgandek bajaring.

Smartfonga PhoneRescue dasturini o‘rnatish vaqti keldi. Bu yerda hammasi avtomatik ravishda amalga oshadi. 

Dastur smartfonga yuklangach, unga ba'zi amallarni bajarishga ruxsat bering. Mobil telefon ekranida so‘ralayotgan huquqlarni tasdiqlang, bu xavfsiz.

Shundan so‘ng kutilmagan, lekin yoqimli hodisalar kuzatiladi. Ma'lum bo‘lishicha, PhoneRescue sizga superfoydalanuvchi huquqini berishi mumkin. Tiklash jarayonida root-huquqlarning mavjudligi yanada chuqur tahlil qilish va ko‘proq ma'lumotlarni topishga imkon beradi.

Jarayon bevosita tiklanishgacha yetib keldi. Qaytarishni istagan ma'lumot turini tanlang va Deep Scan (agar superfoydalanuvchi bo‘lishga rozilik bildirgan bo‘lsa) yoki Quick Scan (agar superfoydalanuvchilikdan voz kechgan bo‘lsa) tugmasini bosing.

Shundan so‘ng mo‘'jiza ro‘y bera boshlaydi. PhoneRescue smartfon xotirasini skanerlaydi. 

E'tiborli bo‘ling: dastur nafaqat o‘chirilgan kontaktlar, raqamlar, SMS-lar, surat va videolarni, balki qachonlardir boshqa ilovalar ichida saqlangan ma'lumotlarni ham chiqarib beradi. 

Oddiy qilib aytganda, PhoneRescue dasturi Telegram, WhatsApp, Viber va «VKontakte»dan o‘chirilgan fayllarni ham topadi. 

Skanerlash tugallangach, topilgan fayllarni kompyuterga yuklab olish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri smartfonning o‘zida tiklash mumkin.

Afsuski, biz blokdan yechish jarayonini skrinshotlashni unutib qo‘ydik. PhoneRescue'ni ishga tushiring, ekranning chap yuqori qismida Lock Screen Removal belgisini tanlang va dastur ko‘rsatmasiga to‘liq rioya qiling. 

Endi jarayonning u qadar yoqimli bo‘lmagan jihatlari haqida so‘z yuritamiz. PhoneRescue — pulli dastur. Bir foydalanuvchining umrbod foydalanishga yetadigan  litsenziyasi 50 dollar turadi (yangilanish ichida), besh komyuterga mo‘ljallangan oilaviy litsenziya esa chegirma bilan 70 dollar turadi. 

Dasturiy ta'minot xaridi haqida gap ketganda doim "Qimmat!" deydigan odam topiladi. Unda ayting-chi, siz uchun juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ma'lumotni tiklash uchun qancha bergan bo‘lardingiz? Siz 50 dollar to‘lashga rozi bo‘lmagan taqdirda, aytish mumkinki, bu siz uchun u qadar katta ahamiyatga ega bo‘lmagan ma'lumotdir. 

Mavzuga oid
Top