12:31 / 13.06.2017
10187

BAA va Saudiya Arabistoni Qatarning havo qamalini yengillashtirdi

BAA hukumati uchinchi mamlakat aviakompaniyalariga Qatarga va undan parvozni amalga oshirishda o‘z havo kengliklari hamda aeroportlaridan foydalanishga ruxsat berdi. Amirlikning WAM axborot agentligi tomonidan e'lon qilingan BAA fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi bayonotida shu haqda ma'lum qilingan

Avvalroq, Fors ko‘rfazining qator mamlakatlari, jumladan BAA va Saudiya Arabistoni davlatlari Qatarga uchadigan va undan parvoz qiladigan barcha xalqaro aviaqatnovlar uchun o‘z havo kengliklarini yopgan edi. 

Endilikda yangi tuzatishga ko‘ra, "taqiq BAA v Qatarda ro‘yxatdan o‘tmagan, biroq Qatarga va undan uchayotgan aviakompaniyalar va samolyotlarga tegishli bo‘lmaydi", — deya xabar qilmoqda.

Saudiya Arabistoni hukumati ham xuddi shunday qaror qabul qilgan.

Shuningdek, yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, Qatar aviatsiyasidan tashqari amalga oshirilayotgan xususiy va charter reyslar ham Qatarga va undan uchishda BAA havo kengliklariga kira oladi. Faqat, buning uchun 24 soat avval reys, yo‘lovchilar ism-sharifi va yuk xususiyati haqida to‘liq ma'lumot taqdim etish bilan ruxsat olish talab etiladi. 

Top