17:40 / 13.06.2017
9859

Braziliya Avstraliyani yirik hisobda yengdi

Braziliya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Avstraliyani yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Melburndagi «Melbourne Cricket Ground» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 0:4 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

Ushbu o‘yinda Souza ikkita gol urdi, yana bittadan gol Tiago Silva va Tayson hisobiga yozildi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Avstraliya – Braziliya – 0:4 (0:1)
Gollar: 0:1 — Souza, 1; 0:2 — Tiago Silva, 62; 0:3 — Tayson, 75; 0:4 — Souza, 90+3.
Avstraliya – Lengerak, Bexich, Seynsberi (Irvayn, 57), Rayt (Makgouen, 78), Milligan, Troysi (Rogich, 79), Degenek, Keyxill (Maklaren, 57), Luongo (Muy, 78), Lekki (Xrustich, 57), Kruz.
Braziliya – Diyego Alves, Tiago Silva (Jyemerson, 78), David Luiz (Fernandino, 73), Aleks Sandro, Rodrigo Kayo, Diyego Souza, Paulino (Renato Augusto, 83), Juliano (Rodrigino, 78), Koutino (Villian, 71), Duglas Kosta (Tayson, 59), Rafinya.

Top