09:41 / 13.06.2017
13116

Putin: AQSh Chechenistonda terrorchilarni qo‘llab-quvvatlagan

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, AQSh Chechenistonda terrorchilarni qo‘llab-quvvatlagan. Bu holat federal qo‘shinlar ushbu mintaqada kampaniya o‘tkazganida ro‘y bergan. U bu haqda rejissyor Oliver Stounga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Film Showtime telekanalida namoyish etilgan.

«Agarda siyosiy qo‘llab-quvvatlov haqida gapirsak, bunda dalil-isbotlarga hojat yo‘q. Axir bu ochiq-oydin qilingan. Tezkor qo‘llab-quvvatlov, moliyaviy jihatga keladigan bo‘lsak – bizda bunday dalillar bor, hamda, bundan tashqari, ularning ba'zi birlarini amerikalik hamkasblarga taqdim etdik ham», - dedi u.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, u bu haqda AQSh sobiq prezidenti Jorj Bushga xabar qilgan. U Bushga Kavkazda ishlagan hamda “qandaydir umumsiyosiy qo‘llab-quvvatlovni emas, balki texnik ko‘mak ko‘rsatgan, u yerda jangarilarni bir yerdan boshqa joyga tashlagan” amerikalik maxsus xizmatlar xodimlari familiyasini ham ko‘rsatgan.

“AQSh prezidentining reaksiyasi juda to‘g‘ri, juda salbiy bo‘lgandi. U: “Men buni hal qilaman”, dedi”, - deya aytib o‘tdi Putin.

Mavzuga oid
Top