10:15 / 13.06.2017
40616

Putin Gorbachyovning xatosi haqida gapirdi

Foto: ALEXEI DRUZHININ/SPUTNIK / KREMLIN

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, NATOni sharqqa qarab kengaymasligiga kafolat yo‘q ekani sobiq Ittifoq sobiq prezidenti Mixail Gorbachyovning xatosidir. U bu haqda rejissyor Oliver Stounga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Film Showtime telekanalida namoyish etilgan.

«Bu qog‘ozda qayd etilmagan. Bu xato, Gorbachyovning xatosi. Siyosatda narsalarni qayd etib borish kerak. Hattoki qayd etilgan narsalar ham ko‘p bora buziladi. U shunchaki gaplashdi va shu bilan hammasi tugadi, deb o‘yladi. Bunday emas», - dedi u.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyani birlashtirish va sobiq Ittifoq askarlarini Sharqiy Yevropadan olib chiqish masalasini hal qilishda AQSh va Shimoliy Atlantika alyansi rahbariyati, xususan, NATO sobiq bosh kotibi Manfred Verner sobiq Ittifoqqa alyansning sharqiy chegarasi GDR sharqiy chegarasidan oldinga qarab surilmasligini ma'lum qilishgan.

Top