14:54 / 13.06.2017
29989

Sog‘liqni saqlash vazirligining yangi vazifalari belgilab berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 12 iyundagi qarori bilan mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarining yangilangan vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari aniqlab berildi. Hujjat matni prezidentning rasmiy saytida e'lon qilingan.

Qarorda ta'kidlanishicha, O‘zbekistondagi islohotlar samarasi o‘laroq, 1990 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida o‘rtacha umr ko‘rish 67dan 73,1 yoshga ko‘tarilgan. Umumiy o‘lim darajasi 1 ming kishiga nisbatan 6,1dan 4,8 kishiga kamaygan. Statsionar tibbiyot muassasalarida davolanish ko‘rsatkichi 100 kishiga 24,6dan 15,5gacha pasaygan. Bemorlarning shifoxonalarda davolanish o‘rtacha muddati 14,8 kundan 7,2 kunga qisqargan.

Shu bilan bir vaqtda yuqoridan quyi pog‘onagacha aniq boshqaruv tizimi bo‘lmagani sababli «aholiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishning zaruriy sifati, tezkorligi va imkoni ta'minlanmagan, moliyaviy, moddiy zaxiralarni maqsadsiz foydalanishga olib kelmoqda, yosh mutaxassislarga xalqaro va mahalliy ilg‘or tajribalarni tatbiq etish hamda tibbiyot xodimlarining professional kasbiy mahorat darajasini oshirishda turtki yetishmayapti», - deya qayd etiladi hujjatda. 

«Sog‘liqni saqlash milliy tizimini boshqarishni, butun tizimni jamoat salomatligini qo‘llab-quvvatlash prinsiplariga o‘zgartirishga yo‘naltirilgan shart-sharoitlarni barpo qilish bo‘yicha tubdan o‘zgartishni talab qiladi, sog‘lom turmush tarziga targ‘ib qilish,  kasalliklarning oldini olish va profilaktikasi, shuningdek, sohaga xalqaro diagnostika va davolash standartlarini joriy qilish zarur», — deya qayd etiladi qarorda. 

Hujjat bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy boshqarmalarining asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari aniqlab berilgan:

Fuqarolar salomatligini muhofaza qilishda, aholiga to‘liq va o‘z vaqtida tibbiy xizmatlarni, xususan davlat tomonidan kafolatlangan hajmda ko‘rsatishda vazirlik idora va tashkilotlar rahbarlarining roli va mas'uliyatini ko‘tarishga qaratilgan yagona davlat siyosatini yuritish;

Jamoat sog‘lig‘ini saqlash ustvoligini ta'minlash, aholini sog‘lom turmush tarzini olib borishga targ‘ib qilish, aholi tibbiy madaniyati va savodxonligiini oshirish, birinchi navbatda, o‘z sog‘lig‘i va atrofdagilar salomatligi uchun mas'uliyat hissini tarbiyalash;

Millat genofondini yaxshilash maqsadida sog‘lom avlodning dunyoga kelishi va ularni tarbiyalash uchun qulay sharoitlarni barpo etish, oilada tibbiy madaniyatni oshirish, umr ko‘rish sifati va davomiyligini ko‘tarish, sog‘liqni saqlash sohasi va aholi sanitar-epidemiologik faravonligiga qaratilgan davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish;

Qishloq fuqarolariga bevosita birinchi tibbiy-sanitar yordam ko‘rsatish tashkilotlarida tibbiy yordam ko‘rsatish hajmini oshirish, tumanlar darajasida asosiy, ko‘p uchraydigan kasalliklar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish; kabilar shular jumlasidan. 

Prezident qarori bilan sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha choralar majmui tasdiqlangan. 

 

Top