15:13 / 13.06.2017
5324

Tramp va Erdo‘g‘an Qatar inqirozini muhokama etishmoqchi

Foto: AFP

Turkiya va AQSh prezidentlari Toyyib Erdo‘g‘an hamda Donald Tramp Qatar bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilishadi, deb xabar berdi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li seshanba kuni.

"Bizning prezident yaqin kunlarda prezident Tramp bilan telefon orqali muloqot o‘tkazadi. Unda tomonlar Qatar bilan bog‘liq vaziyatni muhokama etishadi", - deya Chavusho‘g‘lining so‘zlarini keltiradi Hurriyet gazetasi.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Misr, BAA, Yaman, Liviya, Maldiv, Mavrikiy, Mavritaniya va Komor Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzishdi. Ular Dohani xalqaro terrorchilik guruhlarini moliyalashtirishda ayblashmoqda.

Turkiya parlamenti esa 7 iyun kuni turk harbiy xizmatchilarini Qatardagi bazada joylashtirishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi.

Top