21:23 / 14.06.2017
10698

«Bavariya» yana bir transferni rasmiylashtirdi

«Lion» yarim himoyachisi Korentin Tolisso «Bavariya» a'zosiga aylandi. Bugun u Myunxen klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va shartnomani imzolagan.

Ushbu 22 yoshli fransiyalik futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzilgan. Uning uchun «Bavariya» «Lion»ga 37 million yevro to‘lagan.

Tolisso «Lion» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ushbu xavbek yakunlanganm mavsumda jamoasining turli turnirlarida jami 47 uchrashuvda maydonga tushgan va 14 gol urib, 7 golga uzatma bergan.

«Bavariya» bungacha «Verder»dan Serj Gnabrini sotib olgandi.

Top