03:29 / 14.06.2017
11819

Fransiya kamchilik bo‘lib o‘ynab, Angliyani mag‘lubiyatga uchratdi

Fransiya o‘rtoqlik uchrashuvida Angliyani yengdi.

Parijning Sen-Deni dahasida joylashgan «Stad de Frans» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 9-daqiqasida mehmonlar Harri Keynning golidan keyin hisobni ochdi. 22-daqiqada jarima zarbasidan keyin Samuel Yumtiti hisobni tenglashtirdi, 43-daqiqada Jibril Sidibe fransuzlarni oldinga boshladi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Rafael Varan Dele Alliga qo‘pollik ishlatgach, hakam uni maydondan chetlatdi va mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. Nuqtaga yaqinlashgan Harri Keyn zarba berishda adashmadi. Lekin 78- daqiqada Usmon Dembele Kilian Mbappening pasini golga aylantirib, fransuzlarga g‘alaba keltirdi – 3:2.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Fransiya - Angliya - 3:2 (2:1)
Gollar: Keyn 10 (0:1). Umtiti 22 (1:1). Sidibe 43 (2:1). Keyn 48 (2:2 - pen.). Dembele 79 (3:2).
Fransiya: Loris, Sidibe (Jalle, 89), Mendi (Din, 20), Umtiti, Varan, Lemar, Pogba, Kante, Mbappe, Jiru (Koselni, 53), Dembele
Angliya: Hiton (Batlend, 46), Stounz, Keyxill, Djons (Kressuell, 82), Tripper (Lallana, 76), Bertran (Uoker, 46), Dayyer, Sterling, Alli, Oksleyd-Chemberlen, Keyn
Ogohlantirishlar: Stounz, 62; Alli, 72
Chetlatish: Varan, 47

Top