Amerikalik harbiylar sovuq urush boshlarida qurilgan bir nechta maxfiy bunkerlarni hayotga qaytarishmoqda. Bu haqda The Sun britan nashri xabar bermoqda.  

Nashr buning isboti sifatida AQSh ma`muriyati xodimlari va prezident Donald Tramp urush vaqtida berkina olishlari mumkin bo'lgan bunkerlarning bir nechta suratlarini taqdim qildi.

Nashr tomondan sanab o'tilgan maxsus inshootlar orasida 1948 yilda qurilgan Raven Rock bunkeri tilga olib o'tilgan. Bu bunker tog' yon bag'rida o'yib chiqilgan bo'lib, uning ichida ishchi xonalar, tibbiy palatalar va 1400 kishining xavfsizligini ta`minlash uchun yetarlicha joy mavjud bo'lgan.

Bunker shunday loyihalanganki, unda odamlar atom portlash bunkerning yaqinida yuz bergandan keyin ham 30 kun davomida yashay oladilar. Panagohga tushish uchun granit jinslarida o'yib chiqilgan bir kilometrlik tunnelni kechib o'tish kerak.

2001 yil 11 sentabrdagi teraktlardan keyin bunkerni modernizatsiya qilish uchun 640 mln dollar sarflangan va endi unda 5 minggacha kishi joylashishi mumkin.

Nashr shuningdek Oq uyda ham maxfiy bunker borligini eslatib o'tdi. Bu bunker Favqulodda operatsiyalar bo'yicha prezident markazi (PEOC) nomi bilan ma`lum.