21:30 / 14.06.2017
11382

Oliy liga. Abramov «Neftchi»dagi debyut o‘yinida yutqazdi va boshqa natijalar

Bugun — 14 iyun kuni O‘zbekiston Oliy ligasining 13-tur bellashuvlari doirasida 4 ta uchrashuv o‘tkazildi.

O‘tgan haftadan Farg‘onaning «Neftchi» klubida ish boshlagan Vadim Abramov ilk o‘yinda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Uning boshqaruvidagi jamoa o‘z maydonida Samarqandning «Dinamo» klubini qabul qilib, 2:3 hisobida yutqazdi.

Samarqandliklar jamoasi 5 daqiqada tezkor gol urib, hisobni ochishdi. O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng «Neftchi» hujumga zo‘r berdi, lekin ko‘p vaqt o‘tmay ikkinchi golni ham o‘tkazdi. 62 –daqiqada Muydin Mamazulunov «Neftchi»ning uchrashuvdagi ilk javob goliga mualliflik qildi. Ammo ko‘p o‘tmasdan Amirjon Safarov «Dinamo»ning uchinchi golini urdi. Uchrashuv yakunida mezbonlar hujumchisi va sardori Sherzod Hakimov hisobni qisqartirdi - 2:3.

Bu mag‘lubiyatdan keyin «Neftchi» 13 o‘yinda 10 ochko olgan holda 15-o‘rinda joylashgan, samarqandliklar jamoasi 18 ochko bilan beshinchi o‘rinda.

Qolaversa, bu «Dinamo» uchun 16 yillik noxush an'ananing buzilishi bo‘ldi. Oxirgi marta «Dinamo» 2001 yilda Muhsin Muhammadiyevning goli evaziga Farg‘onadan 0:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan edi.

Toshkentning «Obod» klubi esa o‘z maydonida «Metallurg»dan yirik hisobda yengildi 1:4. Mazkur uchrashuvdagi g‘alaba Bekobod klubini turnir jadvalida 10-o‘ringa olib chiqdi, «Obod» 9 ochkosi bilan oxirgi o‘rinda.

«Sug‘diyona» o‘z maydonida «Navbahor»ni, «Qizilqum» esa «Mash'al»ni mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘zbekiston Oliy ligasi
13-tur

«Neftchi» — «Dinamo» 2:3
Gollar: Jasur Azimov, 8 (0:1). Orif Mamajonov, 29 (0:2). Mo‘ydin Mamazulumov, 67 (1:2). Amirjon Safarov, 71 (1:3). Sherzod Hakimov, 90 (2:3).
«Neftchi»: Abdumavlon Abdujalilov, Akram Bahriddinov, Umidjon Qodirov, Sherzod Hakimov, Mo‘ydin Mamazulumov, Abbos Maxstaliyev (Abdujabborov, 73), Muzaffar Muzaffarov, Javohir Rasulov, Dilyor Irmatov,  Muhsin Ubaydullayev, Abdurahmon Abdulhaqov.
«Dinamo»: Temur Jo‘rayev, Mirkomil Lokayev, Bunyod Isroilov, Firdavs Abdusalimov, Jasur Azimov, Sardor Sulaymonov, Radu Rogak, Aleksey Nikolayev, Orif Mamajonov, Iskandar Xolmurzayev, Saidkamol Davlatjonov.

«Obod» — «Metallurg» 1:4
Gollar: Ayubxon No‘’monov, 22 (0:1). Zohid Abdullayev, 37 (0:2). Zohid Abdullayev, 46 (0:3). Shohruz Norxonov, 80 (1:3). Zohid Abdullayev, 85 (1:4).
«Obod»: Shirinboy Abdullayev, Abror Husinov, Anvar G‘ofurov, Sherzod Jalilov, G‘ayrat Umirov, Doniyor Hasanov, Sanjar Rihsiboyev, Sunnatilla Ermatov (A.Saidkarimov), Shoxruz Norxonov, Husanxon G‘aniyev, Sardor Qahhorov (Timur Vasilev).
«Metallurg»: Suhrob Sultonov, Hikmat Hoshimov, Doniyor Odilov, Ayubxon No‘'monov. Murodjon Toshmatov, Davron Karimqulov (S.Qodirkulov), Zohid Abdullayev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Alisher Ziyovuddinov (T.Usmonov), Islombek Isoqjonov (M.Qaxramonov), Jahongir Abdumo‘minov.

«Qizilqum» — «Mash'al» 2:0
Gollar: Otabek Zokirov, 45 (1:0). Artur Gevorkyan, 50-pen (2:0).
«Qizilqum»: Artyom Makosin, Shukurali Po‘latov, Erkin Boydullayev, Otabek Zokirov (84, Azizbek Usmonov), Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Samandar Shodmonov (62, Vohid Shodiyev), Jasur Hasanov, G‘ayrat Jumayev (80, Akmal Rustamov), Sherali Jo‘rayev, Ilhom Yunusov.
«Mash'al»: Javohir Ilyosov, Iskandar Shoyqulov, Sardor Rahmonov, Sardor Abduraimov, Mirzakamol Kamolov, Shahzod Shaymonov, Zohir Qo‘ziboyev (54, Maradona Safarov), Asiljon Begimqulov, Avaz Agaliyev, Abdulloh Olimov (78, Abbos Shodmonov), Zafar To‘rayev (46, Xumoyun Murtazoyev).
Ogohlantirishlar: Erkin Baydullayev (78), Sardor Rahmonov (32).

«So‘g‘diyona» — «Navbahor» 2:1
Gollar: Sanjar Rashidov, 37 (1:0). Doston Abdurahmonov, 45 (2:0). Ravshan Xursanov, 84 (2:1).
«So‘g‘diyona»: Eshbo‘tayev Shoxrux, Qulmatov Sardor, Isroilov Azamat, Urunov G‘ulom, Rashidov Sardor, Qobilov Suxrob, Maxmudov Alisher, Toshpo‘latov Ixtiyor, Baxodirov Qaxramon, Jurayev Sarvar, Eminov Sardor (90+2, Sunnatilla Mamadaliyev).
«Navbahor»:  Asilbek Amanov, Abbos Otaxonov (Ravshan Xursanov), Oybek Qilichev, Dilshod Jabborov, Ilhom Boydedayev (Mansur Saidov), Mirzohid G‘ofurov, A'zam Aliyev, Jahongir Mehmonov, Darko Stanoyevich, Aziz Turg‘unboyev (Tohir Shamsitdinov), Nemanya Yovanovich.

Top