10:39 / 14.06.2017
12297

Profilaktika inspektorlari qonunga xilof ravishda giyohvandlik o‘simligini ekib, yetishtirish holatlarini aniqlashdi

2017 yil 10 iyun kuni soat taxminan 09-30larda, Shayxontohur tumani IIB XPB profilaktika inspektori kapitan Validjanov Azamat tomonidan «Qora Dori, Kompleks» tadbiri jarayonida 1968 yil 21 may kuni Azizov Rustam (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) istiqomat qilib kelayotgan Shayxontohur tumani Qo‘rg‘oncha ko‘chasi 16-uyning hovlisidagi yer maydonchasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi, deb xabar berdi Kun.uz’ga Toshkent shahar IIBB HPB.

Bu jarayonda Azizovning hovlisidagi ekin maydonidan qonunga xilof ravishda giyohvandlik o‘simligini ekib, yetishtirib parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib olingan.

Top