23:41 / 14.06.2017
7672

Xitoyda davlat xizmatchilariga sovg‘a qilingan buyumlar auksioni bo‘lib o‘tdi

Foto Hubei Integrity Auction Company

Xitoyda 2012 yilda korrupsiyaga qarshi boshlangan katta ko‘lamli kampaniya bir necha hibsga olishlar va sud taftishlariga hamda davlat xizmatchilari o‘zlariga sovg‘a qilingan qimmatbaho buyumlarni davlatga topshirishlariga olib keldi. 

10 iyunda Uxanda bunday sovg‘alar sotilgan oxirgi vaqtdagi eng yirik auksionlardan biri bo‘lib o‘tdi. Savdolarda 280 ga yaqin odam ishtirok etib, umumiy hisobda 994 ming yuan sarflashdi. G‘arb OAV auksionda taklif qilingan assortimentga o‘z e'tiborini qaratdi: xitoylik amaldorlarga ko‘pchilik boshqa narsalar qatorida qimmatbaho soatlar, Walmart kabi yirik savdo tarmoqlarining chegirma hamda sovg‘a kartalari va hattoki ichki kiyim va pijamalar ham bor.

Xaridorlardan biri 40 ming yuanga Rolex va 32 ming yuanga Cartier soatlarini sotib olgan. Walmart savdo tarmog‘ining 1380 yuanlik sovg‘a kartasi boshqa ikkita sovg‘a kartasi bilan birga 2,3 ming yuanga sotildi. Hammasi bo‘lib auksionga 500 ga yaqin lot qo‘yilgan. 

Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘i sharhlovchilari bunday chora haqiqatan ham korrupsiyaga qarshi kurashishda yordam berishiga shubha bildirishmoqda. Ularning aytishicha, o‘rtamiyona xitoylikda bunday qimmatbaho xaridlarni amalga oshirishga pul yo‘q. Ular nafaqat pora oluvchilarni, balki uni beruvchilarni ham aniqlash kerakligini taklif qilishdi.

Oxirgi o‘n yilliklar davomida bunday auksionlardan bir nechtasi o‘tkazilgan. Umumiy hisobda ushbu auksionlar yarim million dollardan ko‘proq pul keltirgan. Biroq auksionni tashkil qilgan tashkilot bosh direktorining aytishicha, bu amaliyot vaqti kelib barham topadi, chunki hozirda davlat xizmatchilariga avvalgi vaqtlardan kamroq sovg‘alar berilmoqda. U buni partiya aksilkorruptsion choralarni qat'iylashtirayotgani bilan bog‘lagan.

Top