19:17 / 14.06.2017
9163

O‘zbekistonlik Rio-2016 chempionlariga atab yangi markalar chiqarildi

«O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2017 yil 9 iyundan «O‘zbekiston markalarida sport» turkumining maxsus pochta markalari muomalaga kiritildi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar bermoqda.

Pochta markalari Pio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlari chempionlari, Oltin medal sohiblariga bag‘ishlangan.

Pochta markalarida sportchilar: Ruslan Nurudinov (og‘ir atletika) va Xasanboy Do‘smatov (boks) tasvirlangan.

Pochta markalari va kupon bir necha rangda ishlangan. Dizayner Kaneves E. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalari va kuponning o‘lchamlari 30x42 mm. Adadi 8 ming nusxa.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

1195. Ruslan Nurudinov Nominali - 1800 so‘m.
1196. Xasanboy Do‘smatov Nominali - 1900 so‘m.

Top