17:55 / 14.06.2017
6778

Vashingtonda kongressmenga suiqasd chog‘ida 5 kishi yaralangan

Virjiniya shtati hududida AQSh kongressi tomonidan o‘tkazilayotgan marosim vaqtida hujum amalga oshirilishi oqibatida kamida 5 nafar kishi jarohat olgan. Bu haqda Vakillar palatasi deputati Mo Bruks CNN efirida ma'lum qildi.

Ayni vaqtga kelib, kongressmenga suiqasd qilgan shaxs qo‘lga olingani tasdiqlangan.

Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha aniq emas.

Bundan avvalroq noma'lum shaxs avtomatdan o‘t ochishi oqibatida respublikachi kongressmen Stiv Skaliz jarohatlangani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top