01:14 / 15.06.2017
14881

Britaniyalik professor-multimillioner sigirlar tomondan toptab tashlandi

Foto: Getty Images

Oksford universiteti professori va tadbirkor Brayan Bellxauz unga sigirlar to‘dasi hujum qilishi oqibatida olgan jarohatlardan vafot etdi. Bu haqda Independent nashri xabar bermoqda

Nashrning ma'lum qilishicha, voqea 12 iyun kuni ertalab ro‘y bergan. 80 yoshli olim Sharqiy Susseksdagi Gestling degan joydagi qishloq cherkovi yonidan o‘tib ketayotganda, unga quturgan sigirlar tashlanib qolgan.

Mahalliy aholi Bellxauzning qichqiriqlarini eshitib, tez yordam va politsiya chaqirtirishgan. Voqea joyiga yetib kelgan tibbiyot xodimlari pensionerni jonlantirishga urinishgan, biroq olimning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Bellxauz uzoq vaqt dunyoning eng nufuzli ta'lim maskanlaridan biri – Oksford universitetida saboq bergan va professor unvoniga ega bo‘lgan. U, shuningdek, Powderject farmatsevtika kompaniyasi asoschilaridan biri bo‘lgan.  

Mavzuga oid
Top