18:59 / 15.06.2017
18370

iPhone 8’ning eng asosiy o‘ziga xos jihati ma'lum qilindi

Foto: AFLO

iPhone’ni Hindistonda ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Tayvanning Wistron kompaniyasi bosh direktori Robert Xvang Apple’ning yangi smartfoni haqida tarqalgan ba'zi mish-mishlarni tasdiqladi. Bu haqda Nikkei Asian Review yozmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi iPhone xuddi hozirgi model kabi suv o‘tkazmaydigan korpusga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, Xvang gadjyet simsiz quvvatlantirish tizimi bilan jihozlanishi haqidagi gap-so‘zlarni tasdiqladi.

«Yig‘ish jarayoni [iPhone’ni] avvalgi avlodlar bilan taqqoslaganda kuchli o‘zgarmadi, garchi suv o‘tkazmaslik va simsiz quvvatlantirish kabi yangi funksiyalar qator boshqacha sinovlarni talab etadi», - deya aytib o‘tdi Wistron rahbari.

Apple Hindistonda iPhone’ni 2017 yilning mayidan ishlab chiqara boshladi. Wistron hozirgi paytda Apple smartfonlarining eng arzon versiyalarini yig‘adi - iPhone SE va 6. Shuningdek, kompaniya Xitoy va Hindiston brendlariga qurilmalar ishlab chiqaradi.

Yangi iPhone 2017 yilning kuzida, Apple’ning har yilgi taqdimotida namoyish etiladi. 

Top