07:55 / 15.06.2017
37223

Meyvezer va Makgregor o‘rtasidagi super jang kuni rasman ma'lum qilindi

12 karra jahon chempioni, amerikalik bokschi Floyd Meyvezer va yengil vaznda amaldagi UFC chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor o‘rtasida o‘tadigan jang sanasi ma'lum qilindi. Jang o‘tkazilishini ikkala sportchi ijtimoiy tarmoqlar orqali tasdiqlashdi. 

Jumladan, avval faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan Meyvezer bu haqda instagramda ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, uchrashuv 26 avgustda Las-Vegasdagi MGM Grand arenasida bo‘lib o‘tadi.

Sportchi o‘z so‘zining tasdig‘i sifatida akkauntida Makgregor bilan jangi afishasini joylashtirdi.

OAV avval ma'lum qilgandek, 40 yoshli Meyvezer va 28 yoshli Makgregor o‘rtasidagi jang boks qoidalari bo‘yicha o‘tadi.

Amerikalik bokschi faoliyati davomida 49 ta jang o‘tkazib, birorta mag‘lubiyatga uchramagan. Irlandiyalik sportchi esa faoliyatidagi 24 ta jangdan 21 tasida g‘alaba qilgan, 3 tasida mag‘lub bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top