18:34 / 15.06.2017
25295

Putin o‘zining g‘alati odati haqida gapirib berdi

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot davomida oilasi qanday yashagani haqida gapirar ekan, bolaligidan chiroqni yoqilgan holda qoldirmaslik odati saqlanib qolganini tan oldi.

“Yaqinda hamkasblarimga oilam qanday yashagani, otam hisoblash qurilmasiga doimiy qarab kelgani, elektr quvvati uchun vaqtida va to‘la hajmda pul to‘lash uchun har bir tiyinni hisoblagani haqida aytib berdim. Menda haligacha bu borada odat qolgan – men chiroqni yoqilgan holda qoldira olmayman. Chiqib ketishimdan avval, har doim chiroqni o‘chiraman”, - deya aytib o‘tdi Rossiya prezidenti.

Top