20:38 / 15.06.2017
23100

UFC rahbari Makgregor Meyvezerga taqiqlangan zarba bersa nima bo‘lishiga oydinlik kiritdi

UFC prezidenti Dana Uayt aralash yakkakurash yulduzi, amaldagi jahon chempioni Konor Makgregor amerikalik bokschi Floyd Meyvezer bilan jangda raqibiga oyoq yoki tirsak bilan zarba bersa, qanday choralar ko‘rilishi haqidagi savolga javob berdi.

"Bu yuz bermaydi. Shartnomada bunday xatti-harakatlar uchun ko‘riladigan sanksiyalar aytib o‘tilgan. Agar shunday holat yuz bersa, unda Makgregor sud oldida javob beradi. Agar u taqiqlangan zarba bersa, u juda yaxshi ko‘radigan ancha puldan mahrum bo‘ladi", deb Uayt aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi The Mirror nashri.

15 iyunda Meyvezer va Makgregor o‘rtasidagi jang Las-Vegasdagi MGM Grand arenasida 26 avgustda bo‘lib o‘tishi ma'lum bo‘ldi. Jang boks qoidalari bo‘yicha o‘tadi.

Avvalroq Menni Pakyao promouteri Bob Arum Makgregor va Meyvezer o‘rtasidagi jangni attraksion deb atagandi.

Top