15:21 / 15.06.2017
19665

O‘zbekistonda qidiruvga berilgan shaxs Peterburgda ushlandi

Foto: Global Look Press

14 iyun kuni Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekistonda narkotik moddalar kontrabandasi va savdosida ayblanayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Nevskiye novosti” xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, tezkor guruh xodimlari davlatlararo qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqaroni 14 iyun kuni soat 12:33 da Salov ko‘chasida qo‘lga olishgan. 1972 yilda tug‘ilgan va nomi oshkor etilmagan erkak O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalarining kontrabandasi va noqonuniy aylanmasida ayblanmoqda.

Qidiruvga berish tashabbusi bilan Andijon viloyati IIB chiqqan. Politsiya xodimlari ushbu shaxs qo‘lga olingani haqida IIBni xabardor etgan.

Mavzuga oid
Top