15:08 / 15.06.2017
13533

Zafarobod, Forish tumani va Jizzax shahar tibbiyot birlashmalari rahbarlari ishdan olindi

Foto: Forteman

Jizzax viloyati hokimining 2017 yil 9 iyundagi qaroriga muvofiq Zafarobod tumani tibbiyot birlashmasi rahbari Qambarov Dilshod Nasibbekovich, Forish tumani tibbiyot birlashmasi rahbari Avazxon Begiyev va Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi rahbari Yo‘ldoshev Orziqul Ergashevichlar egallab turgan lavozimidan ozod qilingan, deb yozmoqda Sangzor.uz.

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 8 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 2 oktabrda qabul qilngan PQ-700-sonli "Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi PQ-2760-sonli qarori ijrosi yuzasidan qabul qilingan.
 

Mavzuga oid
Top