09:54 / 16.06.2017
9440

Bo‘stonliqda “hokimlik”da ishlagan firibgar ushlandi

Toshkent viloyati Bo‘stonlik tumanida “hokimlik”da ishlaganini aytb, tanishini aldagan va undan olgan pulini o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan firibgar ushlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati ma'lum qilmoqda. 

Bo‘stonliq tumanida yashovchi E.S. tanishi U.K. bilan so‘zlashib turib, Chorbog‘ shaharchasida joylashgan dala hovlisini nomiga rasmiylashtirib olishda yordam berishini so‘raydi. U.K. ilgari hokimlikda mansabdor lavozimlardan birida ishlaganligini, ozroq xarajat qilsa, ko‘mak berishi mumkinligini aytadi va 700 AQSh dollari evaziga “ish”ni bitirishi mumkinligini sha'ma qiladi.

U.K.ning taklifi E.S.ga ham yoqib tushib, darhol rozi bo‘ladi va unga 400 AQSh dollari beradi. Biroq kelishuvdan har qancha vaqt o‘tsa hamki, hujjatlar hal bo‘lmaydi. O‘zining aldanganini sezgan E.S. nihoyat ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qiladi. 

U.K. o‘zining aybiga to‘liq iqror bo‘lib, firibgarlik qilgani, olgan 400 AQSh dollarini o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganini tan oldi. 

Hozirda, ushbu holat yuzasidan to‘plangan xujjatlar mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun sud idoralariga yuborilgan.

Mavzuga oid
Top