22:26 / 16.06.2017
16234

"Garri Potter" filmida suratga tushgan aktyor 101 yoshida vafot etdi

Foto: Reuters

16 iyunda britaniyalik aktyor, yosh sehrgar Garri Potterning sarguzashtlari haqidagi fantastik filmning 5-qismi – "Garri Potter va Fenisk ordeni" filmida Xogvarts sehrgarlik maktabi direktorlaridan biri rolini ijro etgan Sem Bizli vafot etgani ma'lum bo‘ldi. 

Ta'kidlanishicha, aktyor Londondagi uyida 12 iyunda uyquda hayotdan ko‘z yumgan. Aktyor 101 yoshda bo‘lgan, deb ma'lum qildi Daily Mail nashri.

Bizli 1998 yilda "Madam Suzatska" filmida suratga tushishi bilan kino sohasiga kirib kelgan. 2007 yilda esa Garri Potter haqidagi filmda rol ijro etgan. Bundan tashqari, aktyor "Josus Jonni Inglish" va "Brijyet Jons kundaligi" kabi filmlarda suratga tushgan.   

Mavzuga oid
Top