08:16 / 16.06.2017
7392

Hongkongda avtoturargoh joyi rekord pulga sotildi

Foto: Auto Daily Digest.

Hongkongning Satxin okrugidagi turar joy binosida joylashgan hamda maydoni 17 kvadrat metr bo‘lgan avtoturargoh yerini 664 ming dollarga sotib yuborishdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, bu Hongkong uchun rekord summa bo‘lib, Xitoyning maxsus ma'muriy mintaqasidagi ko‘plab turar joylar narxidan ham qimmatdir.

Avvalgi rekord 2016 yilning oktabrida o‘rnatilgandi, o‘shanda avtoturargoh joyi 620 ming dollarga baholangan.

Yangi rekordchining ismi noma'lum, biroq, xabarlarga ko‘ra, u 2014 yildan beri umumiy hisobda 88 million hongkong dollarini ikkita uy va yana uchta avtoturargoh joyi uchun sarflagan.

Hongkong yetti yildan beri dunyodagi eng qimmat ko‘chmas mulk bozori sifatida yetakchilik qilib keladi.

Top