02:40 / 16.06.2017
22825

Sh.Mirziyoyev: "Davlat bor-ku, boqsin-da, degan kayfiyatlardan, afsuski, to‘liq qutula olmayapmiz"

Foto: O‘zA

Kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda jamoatchilik nazoratini tizimli yo‘lga qo‘yish eng maqbul yo‘ldir. Bu – jahon tajribasida sinovdan o‘tgan yo‘l. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 iyundagi yig‘ilishda shunday fikr bildirdi.

"Davlat qachon o‘z vazifasini muvaffaqiyatli ado etadi? Qachonki davlat idoralari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazorati o‘rnatilgan bo‘lsa. 

Afsuski, hozirgi kunda jamoatchilik nazoratining ta'siri amalda sezilmayapti. Odamlar orasida haligacha boqimandalik kayfiyati hukm surmoqda. Davlat bor-ku, boqsin-da, degan kayfiyatlardan, afsuski, to‘liq qutula olmayapmiz.

Jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha Prezidentning davlat maslahatchisi rahbarligidagi Respublika ishchi guruhi keyingi paytda qariyb barcha hududlarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish uchun jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Lekin shuning o‘zi yetarli emas. Barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, ana shu muammolarni birgalikda yechmasak, chetdan kelib hech kim ularni hal qilib bermaydi", - dedi davlat rahbari.

Shuningdek hozirgi paytda biror-bir tashkilotga bitta qo‘shimcha shtat berish qanchalik qiyinligi, ammo jamiyatimiz, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini o‘ylab, ichki ishlar tizimi, “Mahalla” va “Nuroniy” jamg‘armalariga, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatiga, Xotin-qizlar qo‘mitasiga qo‘shimcha shtatlar berilgani, ularning ish sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirilgani qayd etildi. 

"Endi ulardan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning natijasi bo‘yicha, jumladan, adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga solish bo‘yicha amaliy ishlarni kutishga haqlimiz", - dedi Sh.Mirziyoyev. 

Mavzuga oid
Top