00:24 / 16.06.2017
3177

Tashqi ishlar vazirligida Xitoy elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

2017 yilning 15 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sun Litsze bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil may oyida Xitoyga davlat tashrifi davomida oliy darajada erishilgan O‘zbekiston-Xitoy kelishuvlarini amalga oshirish nuqtai nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Top