Toshkent shahrining Sergeli tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan S.S o‘ziga tegishli xonadonni shu tumanda istiqomat qiluvchi 1977 yilda tug‘ilgan A.A.ga 30.000 AQSh dollariga sotib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, pullarni oldindan olib, keyinchalik bergan va'dasidan tongan. Uyni A.A.ning nomiga rasmiylashtirmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.
Firibgar S.S ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyatni sodir etish sabablarini o‘rganish yuzasidan tergov harkatlari davom ettirilmoqda.