00:14 / 17.06.2017
14925

Yangi Kia Rio’ning ilk rasmiy suratlari paydo bo‘ldi

Kia kompaniyasi Rossiya bozoriga mo‘ljallangan yangi avloddagi Rio sedanining ilk rasmiy suratlarini chop etdi. Model joriy yilning 3-choragidan boshlab sotuvga chiqadi.

Kompaniya yangi "Rio" haqida hech qanday ma'lumot bermagan. Avvalroq internetda sedan dizayni va uning intereri oshkor qilingan suratlar paydo bo‘lgandi. Umuman olganda, model Xitoy uchun chiqarilgan Kia K2 modeliga o‘xshaydi, biroq Rossiya bozori uchun modelning old bamperi va radiator panjarasi o‘zgartirilgan.

Yangi "Rio" "Solyaris" kabi kuch qurilmalari oladi. Sedan 100 va 123 ot kuchiga ega 1,4 va 1,6 litrli motorlar bilan chiqariladi. Bu motorlar 6 pog‘onali "mexanik" va "avtomatik" uzatmalar qutisi bilan birgalikda ishlaydi.

Joriy Kia Rio 2011 yilda Sankt-Peterburgdagi zavodda ishlab chiqarila boshlangan. O‘sha vaqtdan beri ushbu modeldan yarim milliondan ko‘proq sotilgan. 2016 yil ikkinchi yarmidan sedan Rossiyada eng ko‘p sotiluvchi avtomobil hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top