08:24 / 17.06.2017
7059

Mashhur "Rokki" filmining rejissyori hayotdan ko‘z yumdi

Foto: AP

"Rokki" filmini suratga olgan amerikalik rejissyor Jon Evildsen 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning o‘g‘li Entoniga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Qariya Los-Anjyelesda oshqozon osti bezi saratonidan vafot etdi.

Evildsen "Rokki" filmi uchun eng yaxshi rejissyor yo‘nalishida "Oskar" mukofotini olgan. U filmning 5-qismini ham suratga olgan. 

Evildsen, shuningdek, "Karatechi bola" trilogiyasiga rejissyorlik qilgan.   

Mavzuga oid
Top