17:13 / 17.06.2017
22723

OAV: Ronaldu «Real»dan ketish qarorini 2 oy oldin qabul qilgandi

Krishtianu Ronaldu «Real»dan ketish qarorini ikki oy muqaddam, ya'ni Chempionlar ligasi finalidan ancha oldin qabul qilgandi. Bu haqida AS nashri xabar tarqatgan.

Manba xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi aprel oyida o‘z agenti Jorjye Mendesh bilan shu haqda gaplashgan. Ta'kidlanishicha, aynan Mendesh futbolchini muhim o‘yinlar oldidan o‘z qarorini oshkor qilmay turishga ko‘ndirgan.

Bu xabar Ronalduning qarori soliq mojarosi bilan bog‘liq emasligini ko‘rsatadi.

Ayni paytda Ispaniya prokuraturasi Krishtianuni 2011 yildan 2014 yilga qadar vaqt mobaynida jami 14,7 mln yevro miqdoridagi soliqni to‘lamaganlikda ayblamoqda. Agar bu ayblov tasdiqlansa, Ronalduga 5 yillik qamoq tahdid soladi.

«Men «Real»dan ketaman. Qaror qabul qilingan. Ortga yo‘l yo‘q»

Top