13:36 / 17.06.2017
11037

Toshkent shahrida bir kunda 9 ta yong‘in sodir bo‘ldi

2017 yilning 15 iyun kuni Toshkent shahri hududida 9 ta yong‘in sodir bo‘lib, uning umumiy maydoni 419,5 kv.m.ni tashkil etgan. Ushbu yong‘inlarda fuqarolar tan jarohati olmagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 1 ta yong‘in aholi turar joyida (jami 0,5 kv.m), 7 ta yong‘in chiqindi, shox-shabba va qurigan o‘tlarda (jami 419 kv.m.), elektr qutida kabellarning biri yonishi yuz bergan.

Top