00:18 / 17.06.2017
12886

Tramp Obamaning Kuba bilan bog‘liq qarorini bekor qildi

Foto: Global Look Press / Michael Reynolds/Pool via CNP

AQSh prezidenti Donald Tramp Barak Obama ma'muriyatining Vashington va Gavana o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish haqidagi Kuba bilan bir tomonlama tuzilgan bitimini bekor qilishini ma'lum qildi.  

"Men avvalgi ma'muriyat tomondan tuzilgan Kuba bilan bir tomonlama bitimni bekor qilaman", deb aytgan Tramp Mayamidagi chiqishi vaqtida va uning bu qarori zudlik bilan kuchga kirishini ta'kidlab o‘tgan.

"Men bugun saylovoldi kampaniyamda va'da qilgan yangi siyosatni e'lon qilaman", deb aytgan Tramp.

Tramp Kubani ikki davlat xalqlari manfaatlariga javob beruvchi yangi kelishuvni ishlab chiqishga chaqirgan. 

"Biz Kubani muzokaralar stoliga yangi kelishuv bilan o‘tirishga chaqiramiz", deb qo‘shimcha qildi Tramp.

"Men Kuba hukumatiga aytaman: dissidentlar huquqlari buzilishini to‘xtating, siyosiy mahbuslarni ozod qiling, beayb odamlarni turmaga tiqishni bas qiling, siyosiy va iqtisodiy erkinliklar uchun ochiq bo‘ling, AQSh qonunchiligidan yashirinayotgan shaxslarni qaytaring", deb yuzlandi Tramp Kuba rahbariyatiga.

Tramp shuningdek Kubani Shimoliy Koreyaga qurol-aslaha sotishda va Venesueladagi vaziyatni izdan chiqarishda ko‘maklashishda aybladi.

"Kastro tuzumi Shimoliy Koreyaga qurol-aslaha yetkazgan va Venesueladagi betartiblikka ko‘mak bergan", deb qo‘shimcha qildi Tramp.

AQSh va Kuba diplomatik aloqalarni 1961 yilda Kuba ma'muriyati tomondan AQShning oroldagi mol-mulki milliylashtirilgandan keyin uzgan. O‘shanda Vashington Kubaga nisbatan savdo-iqtisodiy embargo kiritishini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid
Top