17:30 / 18.06.2017
17520

"Biz ularga ishonmaymiz": BAA G‘arbga Qatar nazoratini tashkil qilish taklifini berdi

Foto: AP

Birlashgan Arab Amirligi G‘arb mamlakatlariga Qatarning xatti-harakatlari ustidan nazorat o‘rnatish mexanizmini yaratishni taklif qildi. Bundan ko‘zlangan maqsad - mamlakatni terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashiga chek qo‘yish. The Guardian BAA tashqi ishlar vaziri Anvar Gargashning so‘zlariga asoslanib, shu haqda xabar berdi

Nashr versiyasiga ko‘ra, Gargash Qatar arab mamlakatlari tomonidan e'lon qilingan embargoni diplomatik qo‘llab-quvvatlashni tashkillashtirish uchun Londonga kelgan. 

BAA tashqi ishlar vaziri Anvar Gargash. Foto: AP

"Gap munosabatni o‘zgartirish haqida bormoqda", - deya izoh berdi vazir. "Agar biz Qatarning o‘zgarish niyati borligi, u jangarilarni moliyalashtirishni to‘xtatishiga doir aniq strategik signallarni olsak, bu muhokama uchun asos bo‘ladi, biroq bizga monitoring tizimi kerak", - dedi Gargash.

"Biz ularga ishonmaymiz. Bizga monitoring tizimi va unda ishtirok etish uchun g‘arbiy do‘stlarimiz kerak", - qo‘shimcha qildi vazir. Uning so‘zlariga ko‘ra, monitoring Qatar ekstremistlarni moliyalashtirmayotgani, ularni Dohada yashirmayotgani, "Musulmon birodarlar", "Xamas" va "Al-Qoida"ni qo‘llab-quvvatlamayotganini kafolatlashi kerak.

Top