09:10 / 18.06.2017
10810

Yevropa chempionati-U21. Asensioning gollari Ispaniyaga yirik g‘alaba keltirdi

Ispaniya terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida birinchi uchrashuvni Makedoniya vakillariga qarshi o‘tkazdi.

Polshadagi Gdine shahrida joylashgan «GOSiR» stadionida kechgan uchrashuv ispanlarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. G‘oliblar safida Marko Asensio het-trik rasmiylashtirdi, Saul va Xerard Deulofeu ham o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida Portugaliya yoshlari serbiyalik raqiblarini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Endilikda V guruhida Ispaniya va Portugaliya 3tadan ochko jamg‘argan holda birinchi va ikkinchi o‘rinlarda joylashgan, Serbiya va Makedoniyada ochko yo‘q.

16 iyun kuni A guruhi bahslari o‘tkazilgandi. Turnir mezbonlari bo‘lmish Polsha terma jamoasi Slovakiyaga yutqazgan (1:2), Shvetsiya va Angliya yoshlari uchrashuvida hisob ochilmagan.

S guruhida bahslar endi bo‘lib o‘tadi, Germaniya Chexiya bilan, Daniya esa Italiya bilan o‘ynaydi.

Yevro-2017 U21
Guruh bosqichi, V guruhi, 1-tur

Ispaniya U-21 – Makedoniya U-21 5:0 (3:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 10 Saul, 2:0 – 16 Asensio, 3:0 – 35, penalti Deulofeu, 4:0 – 54 Asensio, 5:0 – 72 Asensio.
Ispaniya U-21 – Arrisabalaga, Valexo, Xorxe Mere, Gayya, Belerin, Markos Lorente, Saul, Asensio (Oyarsabal, 81), Denis Suares, Deulofeu (Sebalos, 63), Sandro Ramires (Inyaki Uilyams, 74).
Makedoniya U-21 – Aleksovski, Demiri, Zaykov, Beytulai, Bardi, Babunski (Kostadinov, 76), Markoski (Djordjyev, 46), Velkoski, Angelov (Elmaz, 46), Nikolov, Radeski.
Ogohlantirish: Xorxe Mere (2).

Portugaliya U-21 – Serbiya U-21 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 37 Gonsalu Gedesh, 2:0 – 88 Fernandesh.
Portugaliya U-21 – Brunu Varela, Ruben Semedu, Ie, Joau Kanselu, Rodriges, Joau Karvalyu (Sanshesh, 59), Fernandesh, Diogu Jota (Bruma, 46), Ruben Nevesh, Gonsalu Gedesh, Podense (Yuri Medeyrush, 68).
Serbiya U-21 – Milinkovich-Savich, Yovanovich, Antonov, Gayich, Maksimovich, Velkovich, Gruyich (Radonich, 68), Gachinovich, Jivkovich, Chavrich (Plavshich, 46), Djurdjyevich (Ojyegovich, 74).
Ogohlantirishlar: Gruyich (4), Ruben Semedu (18), Gachinovich (51), Antonov (55), Gayich (70), Bruma (78), Fernandesh (81).

Shvetsiya U-21 – Angliya U-21 0:0 (0:0, 0:0)
Shvetsiya U-21 – Kaytoft, Lundkvist, Une-Larsson, Valkvist, Tibbling (Tankovich, 85), Dagerstol, Olsson, Xallberg, Fransson (Mrabti, 73), Chibitski, Engvall (Strandberg, 59).
Angliya U-21 –    Pikford, Mouson, Chiluell, Xolgeyt, Chembers, Beyker, Chaloba, Redmond, Uord-Prouz, Merfi (Grey, 71), Abraham.

Polsha U-21 – Slovakiya U-21 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 1 Lipski, 1:1 – 20 Valent, 1:2 – 78 Shafranko.
Polsha U-21 – Vrombel, Kendzera, Yaroshinski, Bednarek, Yax, Kapustka (Moneta, 59), Davidovich, Frankovski, Linetti, Lipski (Nezgoda, 82), Stempinski (Pentek, 85).
Slovakiya U-21 – Xovan, Mazan, Shkrinyar, Ninyay, Valent, Migalik (Garaslin, 82), Bero (Benesh, 90), Rusnak, Lobotka, Xriyen, Zrelyak (Shafranko, 73).
Ogohlantirishlar: Shkrinyar (71), Shafranko (81).

Top