08:01 / 18.06.2017
5885

Qohira yaqinidagi portlash oqibatida politsiyachi halok bo‘ldi

Misr poytaxti Qohira shahrida yo‘l chetida yuz bergan portlash oqibatida bir politsiyachi halok bo‘ldi, 4 kishi yaralandi. Bu haqda Misr ichki ishlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, qo‘lbola portlovchi qurilma uning yonidan bir guruh zobit va xizmatga chaqirtirilganlarni olib ketayotgan mashina o‘tayotganda portlagan.

Oqibatda politsiya leytenanti halok bo‘lgan, yana bir politsiyachi va uch nafar askar yaralangan.

Top