23:31 / 18.06.2017
5606

Kuvaytda Eron foydasiga josuslik qilgan sudlanuvchiga chiqarilgan o‘lim jazosi bekor qilindi

Foto: AFP 2017 / Yasser Al-Zayyat

Kuvayt kassatsiya sudi 2016 yil Eron foydasiga josuslik qilganlikda aybdor deb topilgan erkakka chiqarilgan o‘lim jazosini bekor qildi. O‘lim jazosi umrbod qamoq jazosi bilan almashtirildi, deb xabar bermoqda KUNA milliy axborot agentligi. 

Nomi ma'lum qilinmagan sudlanuvchi 2016 yilda ishtirokchilari Eron va "Hizbulloh" shialar harakati foydasiga josuslik qilganlikda hamda mamlakat xavfsizligiga xavf soluvchi harakatlarni tayyorlashda aybdor deb topilgan "Al-Abdali" bo‘limiga kirgan.       

Axborot agentligining ta'kidlashicha, bu ish bo‘yicha sudlangan yana bir ayblanuvchiga umrbod qamoq jazosi 15 yilgacha qisqartirilgan. Biroq avval oqlangan 15 kishi kassatsion sud qarori bilan 10 yillik qamoq jazosidan olgan.  

Top