Xitoyning China Eastern Airlines aviakompaniyasi samolyoti turbulent zonaga tushib qolishi natijasida 26 kishi turli jarohatlar oldi. "Sinxua" shu haqida xabar berdi.
Parij-Kunmin yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan samolyot 18 iyun, yakshanba kuni Xitoyning janubi-g‘arbidagi Yunan provinsiyasi poytaxtiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Jabrlanuvchilarning barchasi mahalliy shifoxonalarga yetkazildi.
Yo‘lovchilarning so‘zlariga ko‘ra, ba'zi kishilar kreslosidan otilib ketgan, ko‘pchilik yuklarning boshiga qulashidan jabrlangan.
To‘rt nafar jabrlanuvchi og‘ir ahvolda.