15:52 / 18.06.2017
31576

«Real» Ronaldu o‘rniga nomzodlar topib qo‘ygan

«Real» Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashsa, uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.

101greatgoals.com portali xabariga ko‘ra, Madrid klubi uchun birinchi navbatdagi nishon - «Monako» hujumchisi Kilian Mbappe, uning transferi uchun ispanlar 135 million yevro taklif qilishi mumkin.

Ikkinchi raqamli nomzod esa Paulo Dibala, u ikki oy muqaddam «Yuventus» bilan shartnomasini 2022 yilgacha uzaytirgandi.

Agar ikki variant ham amalga oshmasa, «Real»«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovskiyga yuzlanadi.

Bundan avvalroq Madrid jamoasi 32 yoshli portugaliyalik hujumchisini kamida 400 million yevroga sotmoqchi ekani haqida xabar tarqalgandi.

Ronalduga ayni vaqtda asosiy da'vogar «Manchester Yunayted» bo‘lib turibdi. Bu jamoa Ronaldu va Morata uchun darvozaboni David de Xeaga qo‘shib, 210 million yevro bermoqchi.

«PSJ» esa futbolchi uchun klubga 140 million yevro to‘lab, uning o‘ziga 30 million yevrolik yillik maosh tayinlashga tayyor.

Shuningdek, «Manchester Siti», «Monako» va Xitoydagi klublardan takliflar bor.

Top