22:55 / 18.06.2017
15608

Ronaldu Fergyuson bilan kelajagi borasida gaplashgan

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu soliq bilan bog‘liq muammolardan avvalroq klubni tark etish haqida qaror qabul qilib bo‘lgandi. Bu haqda Britaniyadagi nashrlar xabar yozmoqda.

Mirror nashri ma'lumot berishicha, Fergyuson va Ronaldu futbolchi «Manchester Yunayted»ni tark etganidan keyin ham do‘stona munosabatlarni saqlab qolishgan, Ronaldu ikki oy muqaddam sobiq murabbiyi Fergyuson bilan uchrashganida unga Madriddan ketmoqchiligi haqida aytgan. Bunga u «Real» muxlislari tomonidan doimiy hushtakbozliklarga duch kelayotgani sabab bo‘lgan, u endi Ispaniya poytaxtida o‘zini ko‘ngildagidek his qilmay qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalgi xabarlarda portugaliyalik 32 yoshli futbolchi Ispaniya prokuraturasi o‘zini bezovta qilayotgani tufayli jamoadan ketishga qaror qilgani aytilgandi. Prokuratura Ronaldu 2011-2014 yillar davomida jami 14,7 million yevro miqdoridagi mablag‘ni soliq sifatida to‘lamaganini bildirmoqda. Futbolchining o‘zi esa qonunni buzmaganini ta'kidlamoqda.

Mavzuga oid
Top