Konfederatsiyalar kubogi doirasidagi Portugaliya – Meksika uchrashuvi bosh hakami Nestor Pitan portugallar futbolchisi Pepening golini bekor qildi.
O‘yinning 21-daqiqasida urilgan gol videoyordamchi ofsayd qayd etishi tufayli bekor qilingan.
FIFA ilk marta xalqaro turnirda, Rossiya mezbonligida o‘tayotgan Konfederatsiyalar kubogida videotakrorlardan foydalanmoqda.