17:25 / 18.06.2017
8666

Uch yil kanoeda: Tarixda birinchi marta polineziya kemasida dunyo sayohati amalga oshirildi

17 iyunda uch yil dunyo bo‘ylab sayohat qilgan "Xokulea" polineziya kanoesi Havayiga qaytdi. Bu yillar ichida uning ekipaji a'zolari yulduzlarga qarab harakatlanib, dengizchilarning zamonaviy asbob-uskunalaridan foydalanishmagan. Ularning maqsadi - tub xalqlar himoyasi va ularni qo‘llab-quvvatlash zaruratiga e'tibor qaratish bo‘lgan.

Loyihaning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarda ekipaj o‘z sayohatiga oid tafsilotlar bilan bo‘lishib bordi. Ijtimoiy tarmoqlarda ularning 100 mingga yaqin folloveri bor. 

"Xokulea" 70-yillarda qurilgan va o‘shandayoq Taitigacha suzib borgan. Ular shu yo‘l bilan antropologlarning shu arxipelaglarda yashovchi xalqlarning kelib chiqishi haqidagi nazariyasini tasdiqlashni maqsad qilishgan.

Kema Shimoliy yarimshardagi eng yorqin yulduz Arktur sharafiga nomlangan. 

Top