10:47 / 19.06.2017
29033

“AKFA” kompaniyasidan yana bir yangilik

“AKFA” kompaniyasi malakali nomzodlarni tanlash va ishga qabul qilish hamda xodimlarining kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish huquqlarini ta'minlash maqsadida “AkfaPro” nodavlat ta'lim muassasasini ta'sis qildi.

Ta'lim muassasasida tinglovchilar biznes menejmenti yo‘nalishidagi bir necha mutaxassisliklar bo‘yicha kasbga tayyorgarlik va qayta tayyorgarlikdan o‘tadilar, malakasini oshiradilar. O‘quv markazini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga diplom va sertifikatlar beriladi, nomzodlar kompaniyaning O‘zbekiston Respublikasi hududida ochilgan va yangi ochilayotgan vakolatxonalarida ish bilan ta'minlanadi. Malakali kadrlarning samarali mehnatlari orqali, kompaniyada “AKFA” savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan qurilish mollari (radiatorlar, kompozit panellar, alyumin va PVX profillari va furnituralari), keng hajmdagi “ARTEL” maishiy texnika buyumlari hamda yangi “AKFA FOOD LINE” oziq-ovqat mahsulotlarini viloyatlarga  yetkazib berish masalalari hal etiladi.

Ta'lim muassasasining  uzoq muddatli – 1 yillik, 6 oylik hamda qisqa muddatli  – 3 oylik va 1 oylik o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan.

Ayni vaqtda markaz xodimlari mamlakatimizning har bir mintaqasida 1 yillik “Mintaqaviy boshqaruv” kursiga bakalavr diplomiga ega nomzodlar  uchun tanlov o‘tkazmoqdalar.

Tanlov quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Nomzodlar ma'lumotnomalarini (obektivka) internet orqali info@akfapro.uz, info@nextstep.uz elektron manzilga yuborish.
  2. Oliy ma'lumotli, muayyan ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar marketing, iqtisodiyotni rivojlantirish va kelajakdagi rejalari to‘g‘risida o‘zbek yoki rus tilida insho yozish.
  3. Ta'lim muassasasi vakillari tomonidan 1 va 2-bosqichlardan o‘tgan nomzodlar bilan o‘zbek yoki rus tilida suhbat o‘tkazish.

Tanlovdan o‘tgan eng sara nomzodlar o‘qishga qabul qilinadilar. 

Tinglovchilar Toshkentda o‘qish mobaynida Kompaniya zavodlarida amaliyot o‘taydilar, yotoqxona, stipendiya, 3 mahal issiq ovqat va maxsus Ta'lim muassasasi uchun tikilgan forma bilan ta'minlanadilar.

Ta'lim muassasasida malakali professor-o‘qituvchilar tinglovchilarga - ma'naviyat-ma'rifat, tizimli tahlil, iqtisodiyot, boshqaruv psixologiyasi, qarorlar qabul qilish, marketing, logistika, ingliz tili va boshqa fanlardan bilim beradilar hamda ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradilar. Xorij o‘quv markazlaridan ham yetakchi ekspertlarni chaqirish rejalashtirilmoqda.

“AKFA” kompaniyasi bilan mehnat faoliyatini bog‘lamoqchi bo‘lgan, o‘z ustida doimiy izlanishda bo‘lgan, Kompaniya rivojiga o‘z xissasini qo‘shishga tayyor bo‘lganlarni Ta'lim muassasasiga taklif qilamiz.

“Akfa Pro” nodavlat ta'lim muassasasi haqida ko‘proq ma'lumot olishni istaganlar +998 71 203 7007 telefoniga, www.akfapro.uz, www.nextstep.uz saytiga hamda “AKFA” kompaniyasining dilerlariga murojaat qilishlari va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishlari mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top