08:01 / 19.06.2017
20210

AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriya harbiy samolyotini urib tushirdi

Foto: Elizabeth Xue Bai / Xinhua / Globallookpress

AQSh boshchiligidagi koalitsiya 18 iyunda Suriyaning Raqqa shahri yaqinida Suriya harbiy-havo kuchlarining samolyotini urib tushirdi. Bu haqda Suriya mudofaa vazirligida ma'lum qilindi. 

"Bugun samolyotimiz Raqqa shahrida urib tushirildi. U IShIDga qarshi topshiriqni bajarayotgan edi", deyildi xabarda.

Suriya mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot uchuvchisi hamon topilmagan. Ta'kidlanishicha, koalitsiyaning samolyotni urib tushirishi "uning o‘z harakatlarini IShID bilan muvofiqlashtirishini" tasdiqlaydi.   

"Bizning armiya va ittifoqdoshlarimiz katta yutuqlarga erishayotgan bir paytda ular bu harakatlari bilan Suriya armiyasi va uning ittifoqdoshlarining terrorchilikka qarshi kurashini to‘xtatmoqchilar", deb aytildi Suriya mudofaa vazirligida. 

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya shtabi Tabqa shahridan janubda Suriya samolyotini urib tushirganini tasdiqlagan. Koalitsiyada ta'kidlanishicha, Suriya samolyoti muxolifat qo‘shinlari ustiga bomba tashlagan.

"Mahalliy vaqt bilan soat 18:43da Suriya tuzumining Su-22 samolyoti SDF pozitsiyalari yaqiniga bomba tashladi. O‘zini himoya qilish qoidalariga muvofiq, bu samolyot AQShning F/A-18E Super Hornet qiruvchi samolyoti tomondan darhol urib tushirildi", deb aytilgan koalitsiya xabarida.

Top