15:33 / 19.06.2017
10458

Londondagi yong‘in tufayli halok bo‘lganlar va bedarak yo‘qolganlar soni qariyb 80 kishiga yetdi

Foto: Getty Images

Londondagi 24 qavatli turar joy binosi Grenfell Tower’da ro‘y bergan yong‘in natijasida halok bo‘lganlar va bedarak yo‘qolganlar soni 79 kishiga yetdi. Bu haqda London politsiyasi rahbari Styuart Kandi ma'lum qildi.

U bu haqda surishtiruvning so‘nggi natijalari haqida ma'lumot berib, aytib o‘tdi.

Avvalroq 58 kishi bedarak yo‘qolgani haqida xabar berildi. Keyinchalik OAVda 70 inson halok bo‘lgani to‘g‘risida tasdiqlanmagan ma'lumotlar paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 14 iyun kuni Londondagi 24 qavatli Grenfell Tower turar joy binosida yirik yong‘in yuz berdi.

Mavzuga oid
Top