08:43 / 19.06.2017
9464

Sky Sports: Ronaldu "Manchester Yunayted"ga o‘tishga qiziqish bildirmoqda

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2003-2009 yillar davomida to‘p surgan "Manchester Yunayted"ga qaytishga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda Sky Sports nashri.

Yevropa OAV "MYu" tomondan o‘yinchiga qiziqish borligini ma'lum qilishgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik ham mankunianliklar safiga qo‘shilishdan manfaatdor. Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda "MYu" Ronaldu kelajagi haqida turli transfer mish-mishlari paydo bo‘lishidan xavotir bildirmoqda. Biroq klubda Ronaldu "Real"da qoladi, deb hisoblanmoqda. Shunga qaramay, "Oltin to‘p"ning amaldagi egasi Madrid klubidan ketishni istasa, "MYu" u o‘z faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan sanoqli klublardan biri hisoblanadi.

Avvalroq Ronaldu unga Ispaniya prokuraturasi tomondan qo‘yilgan ayblovlar bilan bog‘liq oxirgi voqealar sababli "Real"ni tark etmoqchiligi ma'lum qilingandi. Portugaliyalik ketishga qat'iy qaror qilgan. Ronaldu 2011 yildan 2014 yilgacha 14,7 mln yevro miqdorida soliq to‘lamaslikda ayblanmoqda.

Mavzuga oid
Top