18:01 / 19.06.2017
14902

Video: Vaqti tig‘iz haydovchi do‘konga mashinasida kirib qo‘ya qoldi

Xitoyning Chjentszyan shahrida “Smart”da bo‘lgan haydovchi avtoulovini do‘konning ichida to‘xtatib qo‘ya qoldi. U xaridlarni amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Kuzatuv kameralaridan olingan video People's Daily China nashrining YouTube-kanalida e'lon qilindi.

Haydovchi do‘konga kirib kelib, sotuvchining e'tiborini o‘ziga qaratish uchun signal chalgan. Sotuvchi avtomobilidan chiqmagan haydovchiga qanday mahsulotni bergan va tovarni kassadan o‘tkazgan. Shundan so‘ng “Smart” do‘kondan qaytib chiqib ketgan.

People's Daily China’ning videorolikka qoldirgan izohida aytilishicha, haydovchi shu tariqa avtoturargohda joy qidirmaslik maqsadida vaqtni tejab qolmoqchi bo‘lgan.

 

Mavzuga oid
Top