09:06 / 20.06.2017
29933

Amerikalik talaba Shimoliy Koreya turmasidan ozod qilingandan bir hafta o‘tib vafot etdi

17 oy davomida Shimoliy Koreya turmasida mahbuslikda ushlangan 22 yoshli amerikalik talaba Otto Vombiyer ozod qilingandan bir necha kun o‘tib shifoxonada vafot etdi. U koma holatidan chiqmay, hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda uning yaqinlari ma'lum qilishgan

Vombiyer qarindoshlari o‘z bayonotlarida Ogayo shtatidagi Tsintsinnati tibbiyot markazi shifokorlariga "ular Otto uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilganlari uchun" minnatdorchilik bildirishdi.  

"Afsuski, shimoliy koreyaliklar bizning o‘g‘limizga yetkazgan dahshatli azoblar uning o‘limiga olib keldi", deb aytganlar talabaning ota-onasi.  

2016 yil mart oyida Vombiyer Shimoliy Koreyadagi tashviqot plakatini yulib tashlagani uchun 15 yillik surgunga mahkum qilingandi. Sudda amerikalik qilgan ishidan pushaymonligini va xatoga yo‘l qo‘yganini tan olgan. U 17 oy mahbuslikda saqlangan.

2017 yil 13 iyunda koma holatida bo‘lgan Vombiyer turmadan qo‘yib yuborilgan va AQShga evakuatsiya qilingandi. Shimoliy Koreya hukumatining ma'lum qilishicha, talaba botulizm bilan kasallanib qolib, uyqu dorisi qabul qilgandan keyin koma holatiga tushib qolgan. AQShda talabada katta miqdorda miya hujayralari o‘lgani aniqlangan.  

Mavzuga oid
Top